biz haqimizda

                                                                              NAMANGAN VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TAETRI FAOLIYATI HAQIDA

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26  maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi о‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”giPF-6000-son Farmonning 9-bandiga asosan Namangan viloyatida qо‘g‘irchoq teatri tashkil etildi.О‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021-2023 yillarda О‘zbekiston respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4936-son qarorining 9-ilovasi, 9-bandiga binoan dastlab О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi sо‘ngra   Namangan viloyati qurilish injinering kompaniyasi buyurtmasi asosida “Kosonsoy bunyod qurilish”  tashkiloti tomonidan amalga oshirilib,  18 mlrd 900 mln sо‘m  mablag‘ sarflangan.

       Namangan viloyat qо‘g‘irchoq teatrining 2024 yil 10 fevral kuni tantanali ochilish marosimi tashkil etilib, rasman ish faoliyatini 16 apreldan boshlangan.

       Teatrda rejissyor A.Tо‘rayev tomonidan Iqbol Mirzoning tarixiy asari asosida “Alisherbek va Xusayin”, о‘zbek xalq ertagi Nargiza Maxkamovaning insenirovkasi asosida “Zumrad va Qimmat”, Nurillo Abbosxonning fantastik dramasi asosida “Ona tabiat va Janob Metal” asari davlat buyurtmasi asosida saxnalashtirilib yosh tomoshabinlarga namoyish etib kelinmoqda. “Qorboboni о‘g‘irlashdi” ertak-spektakli  bolajonlarga “Yangi yil” sovg‘asi bо‘ldi. Hozirda yosh dramaturg Davlatillo G‘oziyevning fantastik ertak janridagi “Vertual dushman”   asari  davlat buyurtmasi asosida    saxnalashtirilmoqda.

Teatr ijodiy jamoasi tomonidan viloyatning Uychi, Norin, Namangan, Yangi Namangan, Davlatobod tumanlari va Namangan shahridagi maktablar  о‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari shuningdek, teatrga tashrif buyurayotgan yosh tomoshabinlarga mazkur spektakllar namoyish etib kelinmoqda.

       О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202 yil 25 dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat kо‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-406 sonli qarori, О‘zbekiston Madaniyat vazirining 2024 yil 4 yanvardagi  3-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash  maqsadida noyabr oyida Andijon  va  Farg‘ona  viloyatlariga  ijodiy  gostrollar  tashkil etildi.

   Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri 2025 yilda ham o‘zining ijodiy faoliyatini izchil davom ettirib, yosh tomoshabinlar uchun yangi sahna asarlarini taqdim etmoqda. Yil davomida teatr jamoasi tomonidan “Virtual dushman”, “Tipratikan va Quyonoyning nayranglari”, “Gul va Bulbul” hamda “Karvonsaroy” spektakllari sahnalashtirildi.

   Hozirda esa teatr ijodiy jamoasi tomonidan “Badjaxl quyoncha” spektaklini sahnalashtirish ishlari olib borilmoqda. 

   2025 yil davomida teatr xalqaro miqyosda ham faol ishtirok etdi. Jumladan, aprel oyida Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyatiga ijodiy safar uyushtirildi. Shuningdek, respublika miqyosida Buxoro va Samarqand viloyatlariga safarlar amalga oshirilib, Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan spektakllar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

    Noyabr oyida Qirg‘iziston Respublikasiga ijodiy safar rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur safar teatr jamoasining xalqaro madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri yosh avlodni milliy qadriyatlar, ezgulik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash, teatr san’atini yanada rivojlantirish yo‘lida faoliyatini davom ettirmoqda.

BIZ HAQIMIZDA BATAFSIL O'QISH